Pandemiya davrida Rossiya davlatida qolib ketgan o‘zbekistonliklarni mamlakatga olib kelish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan ikkita maxsus poyezd reysi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, 28 iyun kuni Moskva Kazanskiy-Toshkent yo‘nalishida poyezd o‘z harakatini amalga oshiradi. Poyezd Moskvadan soat 22:28 da jo‘naydi.

Shuningdek, 25 iyun kuni Voljskiy-Toshkent yo‘nalishida ham 1 ta maxsus poyezd qatnovi amalga oshiriladi. Poyezd Voljskiy vokzalidan soat 20:57 da jo‘naydi.

Ushbu poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni Moskva-Toshkent hamda Voljskiy-Toshkent yo‘nalishlariga chiptalar sotiladi. Yo‘lovchilar yoki ularning yaqinlari ye-ticket.railway.uz sayti orqali chiptalarni elektron tarzda xarid qilishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.