Toshkent xorijlik mutaxassislar (ekspatlar) yashashi uchun eng arzon shaharlar o‘nligiga kirdi. Bu haqdagi ma’lumotni Mercer kompaniyasi o‘tkazgan tadqiqotda uchratish mumkin.

Tadqiqotlar 26 yildan beri o‘tkazilib kelinadi va dunyo bo‘ylab 209 ta shaharni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotlarning asosiy maqsadi horijga o‘z ishchilarini yuborayotgan kompaniyalar o‘z harajatlarini to‘g‘ri taqsimlay olishiga yordam berishdan iboratdir.

Tadqiqotlarning asosiy mezoni yashash narxiga namuna qilib Nyu-York shahri, bazaviy valyuta sifatida AQSh dollari olingan. Bundan tashqari, tadqiqotlarda transport, kiyim-kechak, xo‘jalik mahsulotlari kabi 200 turdagi buyumlarning narxlari ham hisobga olingan.

Reytingga ko‘ra, eng qimmat shahar Ashxobod deb topildi. Hongkong xorijlik mutaxassislar yashashi uchun eng qimmat shaharlar orasida 2-o‘rinni egallagan. Bu borada Ashxobod Bayrut, Tokio va Syurix kabi shaharlarni ortda qoldirgan.

Ekspatlar uchun eng arzon shaharlar o‘ntaligini Banjul (Gambiya), Karachi (Pokiston), Gaborone (Botsvana), Toshkent (O‘zbekiston), Vindxuk (Namibiya), Brazilia (Braziliya), Tunis (Tunis), Tbilisi (Gruziya), Lusaka (Zambiya) va Bishkek (Qirg‘iziston) kabi shaharlar to‘ldirib turibdi.

Ma’lumot uchun, 2020 yilda Toshkent xorijlik mutaxassislar uchun eng arzon shaharlar uchligiga kirgan edi.