Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimlari chaqiruv bo‘yicha ketayotgan tez yordam mashinasini o‘tkazmagani aks etgan video lavhalar tarqaldi.

IIV YHXBBning izoh berishicha, ushbu holat Termiz shahar Navbahor ko‘chasida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, YPX xodimlari 15−17 iyun kunlari Surxondaryo viloyatida «Yoshlar festivali» o‘tkazilgani munosabati bilan yo‘lning harakatlanish vaqtincha cheklangan qismida chaqiruv bo‘yicha manzilga ketayotgan tez yordam mashinasini o‘tkazmagan.

Keyinroq holat yuzasidan qo‘shimcha axborot berildi.

Surxondaryo viloyati IIB YHXBning 21 iyun kunidagi xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, YPX xodimlari egallab turgan lavozimidan ozod etilib, boshqarma ixtiyoriga qoldirildi.