Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 2 653 685 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 605 627 doza, 2-bosqichda emlanganlar 990 029 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 58 029 nafarni tashkil qildi.

14 iyunda O‘zbekiston bo‘ylab 43 991 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 19 042 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 14 282, 3-bosqich emlanganlar 10 667 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Farg‘ona viloyati (318 075 doza), Andijon viloyatida (308 629 doza), Namangan viloyatida (307 824 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 300 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 14 iyun holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 104 113 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 253 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 99 986 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Kecha, shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 709 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3418 nafar bemor davolanmoqda.