Ijtimoiy tarmoqlarda raqqosalar bilan videoси tarqalgan Sirdaryo tumani hokimi o‘rinbosari hamda tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i ishdan ketdi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatiga tayanib, «Sirdaryo Xabarlari» ma’lum qildi.

Foto: «Sirdaryo Xabarlari»

Ta’kidlanishicha, Sirdaryo tumani hokimi qarori bilan uning sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Nurali Mirzayev 14 iyun kunidan o‘z arizasiga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etildi va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Ma’lumot uchun, Nurali Mirzayev Sirdaryo tumani hokimi Botirjon Mirzaqulovning o‘rinbosari lavozimiga 2021 yil may oyi boshida tayinlangandi.

Shuningdek, Sirdaryo tumani obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nozim Muratov ham 14 iyun kunidan o‘z arizasiga asosan egallab turgan lavozimidan ozod etildi va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Avvalroq, Sirdaryo viloyati hokimligi mas’ullarni restorandagi raqqosalar bilan bog‘liq video ortidan lavozimidan ozod qilinishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.