2 iyun kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Amerikaning Crow Holdings kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashdi, deya xabar berdi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Toshkent shahar hokimi mehmonlarga shahar iqtisodiyoti oxirgi 3 yilda ikki barobar o‘sganini aytdi (Jahongir Ortiqxo‘jayev 2018 yil aprelidan buyon shahar hokimi bo‘lib kelmoqda). Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu davrda olib borilgan qurilishlar ko‘lami o‘tgan 70 yil ichida qilingan ish hajmiga teng (e’lon qilinganidan biroz vaqt o‘tgach, ushbu gap olib tashlandi).

Shu bilan birga, hokim so‘nggi 3 yilda Toshkentda 22 ta yer usti hamda 4 ta yer osti metro bekatlari qurilganini ma’lum qildi. Aslida esa 2 ta yerosti bekati (Yunusobod yo‘nalishida — «Yunusobod» va «Turkiston»), shuningdek 12 ta yer usti bekatlari paydo bo‘ldi: 7 tasi metro halqa yo‘lining birinchi bosqichida, 5 tasi Chilonzor yo‘lining Sergeli qismida.

«Xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ta’lim, tibbiyot, sport va gastronomik turizmni rivojlantirish, shahar sayyohlar uchun nihoyatda qulay va jozibador bo‘lishi yo‘lida ish olib borilayotganligini ham bildirdi», — deyiladi xabarda.

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, aslida Toshkent shahrining yalpi hududiy mahsuloti 2018 yilda 64,5 trln so‘mni tashkil etgan (o‘sish — 11,1%), 2019 yilda 86,1 trln so‘m (8,4%), 2020 yilda esa 97,5 trln so‘m (1,8%). Uch yil davomida YAHM o‘sish sur’ati 22,6% ni tashkil etdi (111,9*108,8*101,5/10000 — Davlat statistika qo‘mitasi formulasi).

Yalpi hududiy mahsulot (YAHM) — bu hudud (viloyat) rivojlanishining umumlashtirilgan ko‘rsatkichidir. YAHM — bu iqtisodiy mazmuni bo‘yicha YAIM bilan bir xil ko‘rsatkichdir, ya’ni u ma’lum bir viloyatning rezidentlari bo‘lgan iqtisodiy birliklar tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy mahsulot va xizmatlarning narxini aks ettiradi.

Bundan tashqari, Spot ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentdagi eng ko‘p qurilish tashkilotlari joylashgan — 8339 ta. Ikkinchi o‘rinda Farg‘ona viloyati (3385), uchinchi o‘rinda esa Qashqadaryo viloyati (3385).