21 may, juma kuni, kunning ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysi hududlarida va kechqurun Toshkent viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Dam olish kunlari harorat uzoq yillik me’yordan 2−3 darajaga ko‘p bo‘ladi va kechasi 15−20, kunduz kuni 29−34 darajani tashkil etadi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Shamol 17−22 m/s gacha kuchayadi.

O‘zgidromet «mahalliy yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi borligi haqida ogohlantirmoqda».