Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 10 gektar yerni noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi. Bu haqda IIV matbuot хизмaтихaбaр bermoqda.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 19 aprel kuni fuqaro S.X. va X.S Ichki ishlar vazirligiga ariza bilan murojaat qiladi. Ular o‘z arizasida «Muhammadjon» ismli shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rashgan. Fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, u Bo‘stonliq tumani «Navobod» mahallasi hududidagi 10 gektar yer maydonini 1mln 900 ming AQSH dollariga hokimlik orqali hujjatlashtirib berish sharti bilan sotmoqchi bo‘lgan.

Aniqlanishicha, mazkur yer «AL-INOBAT» MCHJga tegishli oromgoh va baliqchilik ko‘li tashkil qilish uchun — Bo‘stonliq tuman hokimining 2017 yil 25 oktyabrdagi 620-son qarori bilan investitsiya kiritish sharti bilan ajratilgan.

23 aprel kuni Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan, P.P., N.M., S.V., T.A., Sh. K. hamda D.A.lar Toshkent shahar Chilonzor tumani, 4-mavze 65-uy oldidagi avtoturargohda nazoratdagi ariza mualliflaridan S.X. va X.S.dan 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.