12 mart kuni poytaxtda futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro ligasi 2021 yilgi mavsum uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosim Pro liga tarixidagi ilk yirik tadbir sifatida tarixga muxrlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Unda Pro liga musobaqasining 2021 yilgi mavsumida ishtirok etuvchi jamoalar turnirni o‘zaro qaysi jamoalarga qarshi boshlashini aniqlab olishdi. Shuningdek, mazkur tadbirda Pro liga translatsiyasi, musobaqa elchilari, madhiyasi haqida ham aytib o‘tildi.

Tadbir avvalida «UzReport» AA bosh direktori Ravshan Jo‘rayev so‘zga chiqib, 2020 yilda Pro liga o‘yinlarini UzReport TV va Futbol TV telekanallaridagi translatsiyasi haqida ma’lumot berdi, qolaversa, u keyingi yillarda ham ushbu hamkorlik davom etishini ta’kidlab o‘tdi.

Professional futbol ligasi rahbari Diyor Imomxo‘jayev Ravshan Jo‘rayev bilan birgalikda Pro liganing o‘tgan mavsumdagi eng yaxshilarini taqdirlashdi.

Shundan so‘ng, Pro liga musobaqasi uchun tarixda ilk bor elchilar tayinlandi. Bloger va yumorist Elmurod Haqnazarov hamda «Sahar» musiqa guruhi vakili Anvar Jo‘rayev mazkur turnirning elchilari etib belgilandi. Elchilarning vazifasi bir tur davomidagi o‘yinlarga borib, muxlislarni futbolga qiziqishini orttirish, shuningdek, o‘yin atrofi jarayonlarida faol ishtirok etishdan iboratligi aytildi.

Tadbirda «Sahar» guruhi Pro liga musobaqasining madhiyasini ham tayyorlash arafisida ekani ma’lum qilindi.

Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi — qur’a tashlash marosimi boshlandi. Qur’a jarayonida tadbirkor Firuz Allayev hamda bloger Bahtiyor Nasimov ishtirok etdi.


Qur’aga ko‘ra, 1-turda quyidagi jamoalar o‘zaro bahs olib borishadi:

  • «Aral Samali» — «Sho‘rtan»
  • "Xorazm" — «Istiqlol»
  • "Dinamo" — «Yangiyer»
  • "Neftchi" — «Olimpik»
  • "Oq-tepa" — «Buxoro»

1-tur uchrashuvlari aniq bo‘lganidan so‘ng Pro liganing birinchi davrasi taqvimi ham namoyish etildi.


Pro liganing 22-martdan boshlanadi.