O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan muzokaralarda Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifiga tayyorgarliklarni muhokama qildi.

Sergey Lavrov o‘z nutqida ushbu uchrashuv avvalo O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga tashrifi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlanishiga to‘xtaldi.

«Albatta, ikkitomonlama munosabatlar kun tartibida asosiy masala — tashrif [O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi — tahr.]… Tashrif sanalariga kelsak, men bu to‘g‘risida Shavkat Miromonovich bilan gaplashdim. Albatta biz vaziyatga qarab ish tutamiz, lekin baribir onlayn tadbirlarni o‘tkazmaslikni xohlardik, [uchrashuv] rasmiyatchilik uchun bo‘lib qolmasligi uchun. Biz shaxsiy uchrashuvlar bo‘lishini xohlardik. Bu borasida vaziyatga qaraymiz va hali maslahatlashamiz», — dedi Abdulaziz Kamilov.

«Oldimizda tashvish bor, oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlari, sizga aytgandim, 24 oktyabr kuni. Agar ungacha tashrifni tashkillashtirishga ulgurmasak, unda prezident saylovlaridan keyin darhol birinchi tashrifni Rossiya Federatsiyasiga tashkillashtirish taklifi bor», — deya ta’kidladi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.


Foto: Rossiya TIV.

Abdulaziz Kamilov uchrashuv davomida O‘zbekistonda koronavirus bilan zararlanish darajasining pasayganligi ayrim sohalarda ikkitomonlama hamkorlikni tiklashni muhokama qilishga imkoniyat berishini aytdi. «Qo‘shnilar bilan munosabatlarga kelsak, haqiqatda [munosabatlar] ma’lum jihatdan to‘xtatilgan edi. Lekin hozir biz bularni ochayapmiz va hammasini tiklayapmiz», — qo‘shimcha qildi u.

Bundan tashqari, O‘zbekiston TIV rahbari mintaqadiga siyosiy vaziyat dinamik tarzda rivojlanayotganligini ta’kidladi. «Men qo‘shni davlatlar, hamda qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha tahlillarimiz bilan bo‘lishishga tayyorman. Tasavvurimizda, afg‘on yo‘nalishida va umuman mintaqada o‘zaro harakatlarimiz uchun imkoniyat yaralmoqda».

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning prezident sifatida birinchi tashrifi 2017 yil mart oyida Turkmanistonga bo‘lgan edi.