Ulug‘bek Qosimov Toshkent prokurori etib tayinlandi. Bu haqda shahar prokuroaturasi matbuot kotibi xabar berdi.

Farg‘ona viloyati prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov — Toshkent shahar prokurori etib tayinlandi.

2019 yil sentyabr oyida Farg‘ona viloyati prokurori bo‘lib tayinlanishdan oldin, Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyati prokurori bo‘lgan, undan oldin esa Denov tumani hokimi bo‘lgan.

Oldinroq, Bahriddin Valiyev Toshkent shahar prokurori bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.