AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mahkam jipslangan niqob yoki ikkita niqob taqish koronavirusdan himoyalanish darajasini sezilarli darajada oshiradi, deya xabar berdi The New York Times.

CDC tadqiqotiga ko‘ra, qo‘shma niqob yo‘tal oqibatida ajralib chiqadigan zarrachalarning 92,5 foizini ushlab qola olishi aniqlandi. Bitta tibbiy niqobning o‘zi esa zarrachalarning taxminan 42 foizini to‘sib qola olgan.

«Niqoblar agar yaxshi va to‘g‘ri taqilsa ular juda samarali», — dedi CDC direktori Roshel Valenski.

Mutaxassislar, shuningdek, burun sohasida simi mavjud bo‘lgan niqoblarni tanlashni, shuningdek, niqob yuzga mahkam o‘rnashib turishi va bo‘shliqlarni kamaytirishi uchun quloqqa taqish uchun ilmoqlar bog‘lashni tavsiya etishmoqda.

Foto: CDC инфографикаси.

Mahkamlashning yana bir samarali yo‘li, niqob ustidan maxsus ushlagich yoki neylon mato taqish, deya ta’kidlaydi mutaxassislar.

Maxsus niqob ushlagich. CDC infografikasi.

Tibbiy niqoblardan foydalanish yuqumli kasalliklarning, jumladan, COVID-19'ning oldini olish bo‘yicha JSST tomonidan tavsiya etilgan chora-tadbirlar majmuiga kiritilgan. Niqob taqishdan tashqari, JSST qo‘llarni tez-tez yuvish va gigiyenadan foydalanish, masofani saqlash zarurligini ta’kidlaydi.