Samarqand viloyatida «Spark» avtomobili qoidabuzarlik tufayli yo‘l chetida turgan ayolni urib yubordi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.

20 yanvar kuni soat 11:05larda, Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, A.Temur ko‘chasida, haydovchi, F.S. (1993 y.t.) «Spark» avtomobilida harakatlanayotib, yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan chap tomonga burilgan. Shu vaqt bir yo‘nalishda ortida harakatlanib kelgan, haydovchi, O.X. (1994 y.t.) boshqaruvidagi «Nexia-3» bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zarb oqibatida «Spark» avtomobili yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda, D.S.(1964 y.t.) tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tumani sudiga yuborilgan.