Juma va shanba kunlari respublika bo‘yicha ob-havoni past bosim maydoni belgilaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet. Bunday vaziyatda Eron hududlaridan juda quruq va iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi 15−20 daraja iliqqacha, janubda 22 daraja iliqqacha, kechalari 0−5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Havo harorati iqlim me’yoridan 10−12 darajaga yuqori bo‘ladi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan bulutli massivlar kirib keladi, buning natijasida bulutlilik zichlashadi va kunduz kuni havo harorati 13−16 daraja iliqqacha biroz pasayadi, kechasi 0−5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Ammo bunday harorat hali ham iqlim me’yorlaridan 5−7 darajaga yuqoridir.

Sinoptiklarning xabar berishicha, shu kunlarda O‘zbekistonning tog‘li hududlari bo‘yicha qor ko‘chishi xavfi mavjud. Shuningdek, keyingi haftada yana sovuq bo‘lishi kutilayotganligi aytildi.