2020 yilning 11 dekabr kuni Turkiya politsiyasi tomonidan shubhali shaxslar bilan telefon orqali muloqotda bo‘lganlikda gumon qilinib qo‘lga olingan taniqli o‘zbekistonlik jurnalist va bloger Abdukarim Mirzayev qo‘yib yuborildi. Bu haqda jurnalist faoliyat yuritayotgan Registon TV onlayn telekanali ma’lum qildi.

«Hozirgina hamkasbimiz Abdukarim Mirzayev Istanbul Immigratsiya idorasining Chet elliklarni deportasiya qilish markazidan qo‘yib yuborildi», — deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda jurnalist o‘z uyiga yo‘l olgan. Tez orada jonli efirga chiqib, bo‘lib o‘tgan hodisalar haqida o‘z munosabatini bildirishi aytildi.