6 yanvar kuni soat 14:10 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Beshyog‘och va Furqat ko‘chalari kesishgan chorrahada, haydovchi O.N. (1983 y.t.) boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobilning signalizatsiya moslamasida qisqa tutashuv yuzaga kelib yong‘in sodir bo‘lgan, deya xabar berdi IIV YHXBB Axborot xizmati.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilning ayrim qismlari yong‘indan zararlangan.

Mazkur hodisa yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati