Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, viloyatda ushbu qurilmalar yordamida kunu-tun patrullik tashkil etilib:

  • belgilangan tezlikka, yo‘l chiziqlariga, svetofor ishoralariga amal qilmagan;
  • piyodalar o‘tish joylarida piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni;
  • tibbiy niqobdan foydalanmagan;
  • jamoat tartibini buzgan fuqarolarning huquqbuzarliklari aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Farg‘ona viloyatida fotovideofiksatsiya orqali niqob taqmagan kishining shaxsini baza orqali aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. Ushbu tartib joriy qilinganining birinchi ikki kunida 1364 nafar niqobsiz yurgan fuqaro aniqlangan edi.