Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ushbu xabarni tasdiqladi.

Avvalroq Shuhrat G‘aniyevning boshqa ishga o‘tayotgani, uning o‘rniga esa Namangan viloyati hokimi Xayrulla Bozorov hokim etib tayinlanayotgani xabar qilingan edi.

O‘z navbatida, Namangan viloyatiga Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlayotgan Shavkat Abdurazzoqov rahbar vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.