26 avgust kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39790 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 105 nafari Toshkent shahrida, 8 nafari Samarqand viloyatida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Namangan viloyatida hamda 2 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 3 518 kishi davolanmoqda. Ulardan 294 nafari og‘ir, 110 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda kasallik qayd etilgan jami 39 790 nafar bemordan 35 983 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 90 foizni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 81 yoshli M.I. (erkak) hamda Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 73 yoshli D.I. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.