25 avgust kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39506 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Toshkent viloyatida, 45 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Samarqand viloyatida, 10 nafari Buxoro viloyatida, 4 nafari Jizzax viloyatida va 3 nafari Qashqadaryo viloyatida, tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 3 673 kishi davolanmoqda. Ulardan 282 nafari og‘ir, 132 nafari o‘ta og‘ir ahvolda, deya baholanmoqda.

Ayni paytda kasallik qayd etilgan jami 39 506 nafar bemordan 35 551 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 90 foizni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 65 yoshli X.X. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 40 yoshli D.A. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.