Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi Yunusobod tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazining bosh shifokori T. K.ga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deya xabar berdi nazorat organi matbuot xizmati.

Bosh prokuraturaning «Gazeta.uz» ga aniqlik kiritishicha, bosh shifokor 17-sonli koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi majlisi bayonnomasining 1-bandini buzganlikda ayblanmoqda. Bu yerda gap, jumladan, 15 iyul kuni fuqaro A. T. ga Yunusobod tumanidagi SEOMda quruvchi bo‘lib ishlayotgani to‘g‘risida soxta guvohnoma bergani va karantin paytida uning avtomashinada erkin harakatlanishiga ruxsat beruvchi hujjat rasmiylashtirilgani haqida ketmoqda.

Bundan tashqari, T. K. aprel-avgust oylarida yana 21 nafar fuqaroga SEOMda ishlayotgani haqida soxta mehnat guvohnomalar va shaxsiy avtomobilni boshqarish uchun maxsus ruxsatnomalar berganlikda gumon qilinmoqda.

Ushbu dalillar asosida T. K. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 209-moddasi 1-bandiga (hujjatlarni soxtalashtirish, ya’ni mansabdor shaxsning, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining o‘zboshimchalik bilan yoki boshqa manfaatlardan kelib chiqqan holda yolg‘on ma’lumot berish) ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazinyu bosh shifokori Malika Qudratxo‘jayeva «Gazeta.uz» ga bergan intervyusida, Yunusobod tumanidagi SEOM xodimlarining ish joylariga olib borilishi uchun ularning qarindoshlariga guvohnoma berish haqida gapirdi.

«Bu stikerlar emas, ma’lumotnomalar. Haqiqatdan ham tan olish kerak, sertifikatlar SEOM xodimlariga emas, balki ularning qarindoshlariga berilgan. Masalan, SEOM xodimining akasi ruxsatnoma oldi, lekin faqat singlisini ishga olib kelish uchun. Boshqa hollarda ham xuddi shunday, faqat qarindoshlar olishdi. Ammo ular qandaydir yo‘l bilan ishga kelishlari kerak-ku, avtobuslar barcha uchun yetmaydi… Ularning ba’zilari viloyatlardan kelishadi. Prokuraturaga ularning qarindoshligini ko‘rsatish uchun barcha hujjatlarni olib bordik — tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni, pasportlarni olib bordik. Ammo endilikda bu masala sud orqali hal qilinadi», — dedi u.