O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov (9−0, 7 KO) o‘zining navbatdagi jangini 15 avgust kuni Oklaxoma (AQSH) ning Tulsa shahrida o‘tkazadi. Dastlab, da’vogar meksikalik Fransisko Roxo (22−3−0, 15 KO) edi, ammo jangdan bir necha kun oldin ushbu bokschiga koronavirus tashxisi qo‘yildi, deya xabar berdi MMABoxing.ru.

Roxoning o‘rniga 28 yoshli nikaragualik Uinston Kampos (31−7−6, 19 KO) jangga chiqadi. U Djosh Kelli (10−0−1, 6 KO) va WBA va IBF yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta yengil vazn chempioni Djosh Teylorga (16−0−0, 12 KO) qarshi janglar olib borgan.

O‘rta yengil vazn toifasida (63,5 kg gacha) WBA International tituli hozicha 27 yoshli buxorolik bokschiga tegishli. Bokschilar Matchroom Boxing shousining anderkard qismida chiqishadi. Shahram G‘iyosovning oldingi jangi o‘tgan yilning avgust oyida bo‘lib o‘tgan va u birinchi raundda kolumbiyalik Darleys Peresni nokautga uchratgan edi.

Isroil Madrimov va Erik Uoker. Foto: boxingscene.com.

Shu kuni birinchi o‘rta divizionning yana bir o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov (5−0, 5 KO) amerikalik Erik Uokerga (20−2, 9 KO) qarshi jang qiladi.

Janglarni 16 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 05:00 da Sport TV orqali jonli tomosha qilish mumkin.