Navoiy viloyatida 5 yoshli qiz qotillik qurboni bo‘ldi. Qotillikda voyaga yetmagan o‘smir ayblanmoqda. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Ma’ulmotga ko‘ra, 2004 yil Zarafshon shahrida tug‘ilgan maktab o‘quvchisi, ayni paytda Zarafshon shahrida istiqomat qiluvchi B.Q. 8 iyul kuni ota-onasi bilan birgalikda Navbahor tumani, “Yangihayot” MFYda istiqomat qiluvchi bobosining uyiga mehmondorchilikka borgan.

9 iyul kuni B.Q. amakisi (1985 yil tug‘ilgan) E.T.ning o‘gay qizi, ya’ni 2015 yil tug‘ilgan, voyaga yetmagan M.A.ni oshxona pichog‘i bilan bo‘yin sohasiga urib, qasddan o‘ldirgan. E.T. voqeaga tasodifan guvoh bo‘lgan M.D.ga (1988 yil tug‘ilgan, M.A.ning onasi) ham qo‘lidagi pichoq bilan bir necha marotaba tan-jarohati yetkazib, voqea joyidan yashiringan. Ayni payda jabrlanuvchi M.D. tuman Tibbiyot birlashmasining “Jonlantirish bo‘limi"ga yotqizilgan.

Navoiy viloyati IIB JQB xodimlarining olib borgan tezkor sa’y-harakatlari natijasida, gumonlanuvchi shu kunning o‘zidayoq qo‘lga olindi, deya xabar berdi Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati.