11 iyundan boshlab, Toshkent viloyatining Chirchiq shahri «yuqori xavfli hudud» sifatida toifalandi, deya xabar qildi «Koronavirus info» rasmiy Telegram-kanali Chirchiq hokimligi matbuot xizmatiga tayangan holda.

Ayni paytda shahardagi barcha blok-postlar nazorat kuchaytirilgan holda ish olib bormoqda.

Avtotransport vositalari qatnovi ertalab 7:00 dan 10:00 ga qadar hamda 17:00 dan 20:00 ga qadar amalga oshiriladi.