Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarori bilan Yakubov Alisher Djalgasovich Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi axborot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Alisher Yakubov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Alisher Yakubov (1980 yilda tug‘ilgan) — Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini bakalavr (2001 yil) va magistraturasini (2003 yil) tamomlagan. 2017 yili Chexiya agrar universiteti aspirant-stajeri bo‘lgan.