«Temiryo'l sug’urta» kompaniyasi Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida sodir bo‘lgan ofatlar natijasida mol-mulkiga zarar yetgan aholi va korxonalar rahbarlari bilan aloqa o‘rnatib, yuzaga kelgan og‘ir vaziyatni birgalikda bartaraf etish muammolari hal qilinmoqda. Bu haqda «Temiryo'l sug’urta» kompaniyasi ma’lum qiladi.

«Temiryo'l sug’urta» kompaniyasining Buxoro va Navoiy viloyatlari filiallari mas’ul xodimlari, 27−28 aprel kunlarida sodir bo‘lgan kuchli shamol va yog‘ingarchilik natijasida mol-mulkiga zarar yetgan aholi va korxonalar rahbarlari bilan joylarda uchrashib, yuzaga kelgan ahvolni tezkor ravishda o‘rganib chiqdilar.

Ma’lum qilinishicha, hozirda, xar bir ta’mir talab mulk bo‘yicha, tabiiy ofat yetkazgan zararni bartaraf etish uchun zarur ishlar va qurilish ashyolari narxlarini baholash ishlari yakuniga yetkazilyapti. Zarar miqdori aniq baholangan inshootlar bo‘yicha sug‘urta tovonlari zudlik bilan to‘lanmoqda, amalga oshirilgan to‘lovlar 25 mln so‘mdan oshdi.

Bundan tashqari, kompaniya tomonidan 1 may kuni Sirdaryo viloyati Sardoba suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilishi oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini natijasida zarar ko‘rgan mulk va inshootlar egalari bilan aloqa o‘rnatilib, yuzaga kelgan og‘ir vaziyatni birgalikda bartaraf etish muammolari hal qilinmoqda, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 2020 yilning o‘tgan davrida, kompaniya tomonidan mijozlarining sog‘lig‘i, mol-mulki va tijoratiga yetkazilgan zararlarni qoplashga 5,5 mlrd so‘mdan ziyod sug‘urta tovonlari o‘z vaqtida to‘lab berildi. Bu jarayon bundan keyin xam jadal sur’atlarda davom ettiriladi.

Reklama huquqi asosida.