«O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasi 20 apreldan boshlab xalqaro aviapochta jo‘natmalarini yuborishni qisman tikladi. Bu haqda O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuo xizmati xabar qildi.

Hozirda 38 ta davlatga xalqaro aviapochta jo‘natmalarini qabul qilish boshlandi. Jo‘natmalar yuk tashishni amalga oshiruvchi aviaqatnovlar orqali joriy yil 20 apreldan 1 iyungacha dunyoning 38 davlatiga «Ekstra» tarif rejasi asosida xalqaro avia pochta jo‘natmalarni yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yildi, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida 20 martdan boshlab «O‘zbekiston pochtasi» pochta jo‘natmalarini yer usti transporti orqali boshqa davlatlarga yuborayotgan edi.