Pensionerlarning plastik kartalaridagi operatsiyalar uchun komission to‘lovlarni undirmaydi. Bu haqda 19 aprel kuni O‘zbekiston Adliya vazirligi Respublika maxsus komissiyasi qaroriga tayanib xabar qildi.

Mazkur qaror karantin davrida faqatgina bank plastik kartalariga o‘tkazish tartibi belgilangan inobatga olingan holda qabul qilindi.

Avval xabar berganimizdek, may oyidan boshlab pensiyalar, nafaqa va oylik maoshlar faqatgina bank kartalariga o‘tkazib beriladi. Ushbu tartib karantin davrida — epidemiolgik vaziyat barqarorlashgunga qadar amalda bo‘ladi. Pensionerlarga kartalar uylariga qadar yetkazib beriladi.

Shuningdek, qaror bilan barcha hududlarga bankomatlar o‘rnatilib, ular naqd pullar bilan ta’minlanadi.

O‘tgan chorshanba kuni Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov pensionerlar bank kartalaridan komission to‘loqlarni kamaytirish yoki bekor qilish masalasi ko‘rib chiqilishi haqida ma’lum qilgan edi.