O‘zbekiston Markaziy banki chorshanba kuni 16 apreldan kuchga kiradigan valyutalarning so‘mga nisbatan kursini yangiladi.

AQSH dollari 427 so‘mga oshib, 10121 so‘mga yetgan bo‘lsa, yevro 512 so‘mga ko‘tarildi va 11111 so‘mni tashkil etdi, rubl esa 7 so‘mga qimmatlab, 139 so‘mlik ko‘rsatkichni qayd etdi.

Bu kurslarning hafta ichida ikkinchi marta ko‘tarilishidir. Odatda, Markaziy bank tomonidan belgilangan valyuta kurslari haftada bir marta — har seshanba kuni yangilanadi.

Seshanba kuni kechqurun O‘zbekiston tijorat banklari dollar kursini keskin ravishda 10 ming so‘mdan oshirdi.

Shu kuni Markaziy bank o‘zining asosiy stavkasini yillik 16 foizdan 15 foizga tushirdi.