O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar berdi.

Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga polkovnik Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich tayinlandi. U 2019 yil 24 noyabrdan IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borayotgan edi. Undan oldin 2018 yil oktyabridan Toshkent IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — moliya va moddiy texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Bekmurod Abdullayev.

Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari — Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Ganiyev Mamirjon Jomoldinovich tayinlandi.

Milliy gvardiya qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga polkovnik Mamayusupov Sarvar Dexkanbayevich tayinlandi.

Mart oyida Toshkent IIBB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Rustam Jo‘rayev Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlangan edi.