Botir Asadillayevich Xo‘jayev pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan bosh vazirning sanoatni va kooperatsiya aloqalari rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Farmonni hukumat rahbari imzoladi, deya xabar beradi Gazeta.uz ga hukumatdagi manba.

Botir Xo‘jayev (1956 yilda tug‘ilgan) fevral oyidan beri bosh vazirning maslahatchisi bo‘lib ishlagan. Ilgari u (2017 yil noyabr oyidan) Iqtisodiyot vaziri bo‘lgan (2019 yildan — Iqtisodiyot va sanoat vaziri).

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini tamomlagan (1979).

2011−2016 yillarda — Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari, 2009−2011 yillarda — bosh vazir o‘rinbosari — Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi, 2006−2009 yillarda — Iqtisodiyot vaziri, 2005−2006 yillarda — Prezidentning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi.

2002−2005 yillarda Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i, 1998−2002 yillarda — Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va raisi, 1997−1998 yillarda — Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 1996−1997 yillarda — Davlat mulki qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, 1992−1996 yillarda — Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari.