Jizzax viloyatidagi Forish tog‘ tizmasida Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmatiChegara qo‘shinlari bo‘linmalari uchun «Tog‘ qo‘riqchisi» qishki o‘quv kursi mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar qildi.

Tog‘da harakatlanish jarayonida shaxsiy va guruh anjomlaridan o‘rinli foydalanish, tik qoyalarga chiqib-tushish, tor ko‘priklardan o‘tish, qoyadan qoyaga arqonlar yordamida ko‘chish, tog‘ sharoitida yaradorlarni evakuatsiya qilish amaliyotlari o‘tkazildi.

Foto