Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Ko‘kgumbaz MFY qarashli Qorong‘ul qishlog‘idagi uydan to‘rt kishining jasadi topildi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Tez yordam bo‘limiga 9 yanvar kuni soat 14:04 da qo‘ng‘iroq kelib tushdi. Mutaxassislar kelganida, uy egasi D. Sh. (1987 yilda tug‘ilgan), uning rafiqasi N. Sh. (1987), ularning 6 yoshli o‘g‘li A. Y. va 3 yoshli qizi O. Y.ning biologik o‘limini aniqladilar.

Ularni birlamchitekshiruvdan o‘tkazilganda «is gazidano‘tkir zaxarlanish» dastlabki tashxisi qo‘yilgan. Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni Toshkent shahri, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida is gazi bilan ikki marta va birida tabiiy gaz bilan zaharlanish holati yuz berdi. To‘rt kishi vafot etdi. Uch kishi kasalxonaga yotqizilgan.