O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar berdi IIV matbuot xizmati.

General-mayor Mirzarahimov Bahodir Yuldashevich ichki ishlar vazirining jazoni ijro etishni ta’minlash va harbiy tuzilmalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar B Baxodir Mirzaraximov Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritgan.

Bahodir Mirzarahimov.


Polkovnik Xudoynazarov Shokirjon Abdumalikovich Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Shokirjon Xudoynazarov Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari-shtab boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shokirjon Xudoynazarov.

Polkovnik Adilov Bahrombek Qahramonovich Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bahrombek Adilov.

Polkovnik Botirov Hasan Arzudinovich Ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Hasan Botrov O‘zbekiston Milliy Gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Botirov Hasan.