O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmaota shahrida ro‘y bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevga ta’ziya maktubi yo‘lladi.

Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning barchasi tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Aviahalokat 27 dekabr kuni ertalab Olmaota yaqinida sodir bo‘ldi. Bek Air aviakompaniyasining «Olmaota — Nur-Sulton» reysi samolyoti havo ko‘tarilayotganda balandlikni yo‘qotib, turar joy hududiga qulab tushdi. Samolyot bortida 5 nafar ekipaj a’zosi va 93 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. 12 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 49 kishi jarohatlandi.

28 dekabr kuni Qozog‘istonda umummilliy motam deb e’lon qilindi.