4 dekabr kuni soat chamasi14:13 atrofida Andijon shahri 2-kichik daha Sog‘lom avlod MFY Lermontov ko‘chasidagi 7 -raqamli ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘lganligi haqida viloyat YOXB markaziy dispetcherlik xizmatiga xabar berilgan, deya xabar qildi Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati. Olingan xabarga asosan soat 14:19 da Andijon shahar YOXB 1-sonli yong‘in qutqaruv qismi voqea joyiga yetib borib, yong‘inga o‘z vaqtida barham berildi.

Ko‘ngilsiz hodisa tafsilotiga ko‘ra, ko‘p qavatli uyning portlashi natijasida jami 6 ta xonadon zarar ko‘rgan bo‘lib, asosan yong‘in kelib chiqishi tahmin qilinayotgan 2-qavatdagi 37−38−39 xonadonlar zararlangan, uyning 4 pod’ezdi qavatlarga ko‘tarilishdagi beton barerlari qulab ketgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 8 nafar fuqarolar qo‘rquv natijasida viloyat tez-tibbiy yordam shifoxonasiga yotqizilgan, hozirda shifokorlar nazoratida, kuyish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Voqea joyiga viloyat hokimi yetib bordi. Zudlik bilan mutasaddi tashkilotlarga yuzaga kelgan zararni qoplash, fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish yuzasidan topshiriq berdi. Yong‘indan putur yetgan joylarni qayta tiklash ishlari boshlandi.