21−24 noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi mintaqasidan sovuq va nam havo oqimlarining kirib kelishi kutilmoqda.

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bu davr mobaynida mamlakat bo‘ylab yog‘ingarchiliklar (yomg‘ir, ayrim joylarda qor) yog‘ishi kutilmoqda.

21 noyabr kuni shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

22−24 noyabr kunlari respublika bo‘ylab harorat asta-sekin ko‘tarilib, kechasi 0…-5, ayrim joylarda-8 darajagacha, kunduzi esa −2…−7 darajagacha pasayishi kutilmoqda.