22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga va mahalliy kengashlarga saylovda ishtirok etish uchun O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan beshta siyosiy partiyaning barcha nomzodlari ro‘yxatga olindi, deya xabar qildi Saylovlarni yoritish bo‘yicha xalqaro matbuot markazi.

Noyabr oyi boshida beshta siyosiy partiya — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP), O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (O‘zXDP), Milliy tiklanish Demokratik partiyasi, «Adolat» Sotsial-demokratik partiyasi va Ekologik partiyasi saylov okruglari soniga mos ravishda 150 nafardan nomzodni ko‘rsatgan edi.

15 noyabr kuni barcha 750 nafar nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasman ro‘yxatga olindi va saylovda qatnashishga ruxsat berildi. Tasdiqlangan nomzodlar orasida 43 nafari parlament quyi palataning hozirgi tarkibida deputat sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Matbuot markazida ta’kidlanganidek, siyosiy partiyalar tomonidan deputatlikka nomzodlarni ilgari surish jarayoni qonunchilik talablariga muvofiq, oshkoralik va ochiqlik muhitida olib borilmoqda. Ro‘yxatga olingan nomzodlarning ro‘yxatlari tez orada bosma nashrda e’lon qilinadi.

Quyida har bir partiyadan deputatlikka nomzodlarning yoshi, jinsi va kasbiy tarkibi to‘g‘risidagi infografik ma’lumotlar keltirilgan.

Liberal-demokratik partiya

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi

Milliy tiklanish demokratik partiyasi

«Adolat» Sotsial-demokratik partiyasi

Ekologik partiya

Nomzodlarning to‘liq tarkibi