Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi «Oltinko‘l» va «Olmazor» mahallarida lo‘li millatiga mansub 3200 nafar fuqaro uchun 780 ta uy qurildi, deya xabar berdi O‘zA. Avval ular o‘tgan asrning 60-yillarida qurilgan, hozirda turmush uchun yaroqsiz holga kelib qolgan uylarda yashab kelayotgan edi.Eski uylar.

Yangi mavze 35 gektardan ziyodroq maydonga joylashgan, hozirda u yerda obodonlashtirish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Ularni qurishga davlat tomonidan 150 mlrd so‘m ajratildi.

Yangi mavze.

Mahallalarda ikkita tikuv sexi, maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti qurildi. Shuningdek, 10 kilometrdan ziyod avtomobil yo‘llari, 8 km elektr, 3 km suv tarmoqlari tortildi.