Nosir Mamarasulovich Mavlonov 30 iyul kuni Samarqand tuman hokimi lavozimiga tayinlandi, deya xabar qilindi Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning Facebook-sahifasida.

Nosir Mavlonov (1971 y. t.) 1996 yildan buyon soliq organlari tizimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Tayinlovga qadar Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati

Tumanning avvalgi hokimi Shuhrat Jamolov uchta sektor rahbarlari (tuman prokurori, IIB, DSI boshliqlari) bilan birgalikda 26 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyevning viloyatga tashrifi vaqtida lavozimidan ozod qilingan. Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari tashrifi vaqtida eshkak eshish kanali hududida turistik markaz qurish topshirig‘ini berdi.

Xuddi shu kuniHamza Hakimovich To‘ychiyev Samarqand viloyati Jomboy tuman hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. U avval Samarqand viloyati g‘aznachiligiga rahbarlik qilgan.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati

U O‘zbekiston prezidentining 26 iyuldagi Samarqand viloyatiga tashrifi vaqtida ishdan bo‘shatilgan Umidjon Nazarov o‘rniga tayinlandi. Nazarov bilan birga tumanning uchta sektor rahbari — prokuror, IIB va soliq inspeksiyasi boshliqlari ham lavozimidan chetlashtirildi, deya xabar berdi Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.