WebMoney Transfer xalqaro tizimi O‘zbekiston bozorida ish boshlaganini e’lon qilib, so‘mdagi WMY-karmonchalarini taqdim etdi. Karmonlarni UzCard bank kartalari, Oson to‘lov tizimi, Paynet.uz mobil ilovasi hamda Paynet qabul punktlari va bankomatlar orqali to‘ldirish mumkin.

WMY orqali mobil aloqa, internet, tijoriy xizmatlar va onlayn o‘yinlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Bundan tashqari, kafe, restoran va do‘konlar egalari QR kod orqali naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qila oladilar.

Karmondagi mablag‘larni Uzcard kartalari va bank hisob raqami orqali chiqarib olish mumkin.

WMY orqali WebMoney tizimini qabul qiluvchi dunyodagi 100 mingdan ziyod internet do‘konlarga to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

WMY titul belgilari emitenti sifasida O‘zbekistonda Turkiston banki tanlandi. WebMoney’ning O‘zbekistondagi rasmiy sayti — webmoney.uz.