«O‘zavtosanoat» kompaniyasi va Volkswagen Group Rus O‘zbekistonda Volkswagen bilan hamkorlikda avtomobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Hujjat («Gazeta.uz» tahririyatida mavjud) «O‘zavtosanoat» maydonlarida nemislarning Volkswagen mahsulotlarini o‘zlashtirish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni rasmiylashtirishni ko‘zda tutadi.

Tomonlar yaqin vaqtlarda «O‘zavtosanoat» kompaniyasining texnik imkoniyatlarini o‘rganish, logistika va boshqa infratuzilmalarning mavjudligi va darajasini batafsil o‘rganishga kelishib oldi.

Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiq, deya topilsa, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 40 mln yevrogacha miqdorda sarmoya kiritiladi. Loyihani 2019−2021 yillarda amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Yanada aniq hisob-kitoblar texnik-iqtisodiy asoslar tayyorlanganidan so‘ng ko‘zga tashlanadi.

Ayni vaqtda «O‘zavtosanoat» Volkswagen Group Rus ko‘magida loyihaning biznes rejasini ishlab chiqmoqda.

2017 yilning noyabrida JV MAN Auto-Uzbekistan O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasida Volkswagen Amarok pikaplarini ishlab chiqarish boshlanishi to‘g‘risida xabar qilingan edi, biroq loyiha to‘xtatilgan edi.