O‘zbekiston fuqarosi Mutal Yuldashev Janubiy Koreyaning Seul shahridagi Hanil shifoxonasida yong‘in vaqtida olgan kuyish jarohatlaridan vafot etdi, deya xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi xodimlari tomonidan marhumning jasadini otasi va akasi hamrohligida Seuldan Toshkentga jo‘natishda yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 9 may kuni Seuldagi Mutal Yuldashev va Farruh Mo‘minov bo‘lgan kvartirada yong‘in yuzaga kelgan edi. Oqibatda Farruh Mo‘minov hodisa joyida hayotdan ko‘z yumdi.