O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) 29-aprel kuni poytaxtda Toshkent viloyati bolalari uchun mo‘ljallangan vaksinalarni saqlash uchun birinchi omborxonani ochdi.

Yang vaksinalar omborxonasi bir yoshgacha bo‘lgan 64,4 ming bolani emlashga yetarli bo‘lgan 31 ming litr, ya’ni 440 kub metr hajmdagi vaksinalarnisaqlash imkonini beradi. Ichida yurish mumkin bo‘lgan ikkita sovutgich kameralarda vaksinalarni sifatli saqlash uchun zarur bo‘lgan Selsiy bo‘yicha 2−8 daraja sovuq doimiy ravishda ushlab turiladi. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning soni oshganini inobatga olgan holda yangi omborxona hajmi avvalgisiga nisbatan ikki barobar oshirildi.

YUNISEF butun O‘zbekiston bo‘ylab 21 ta sovuqlik omborlarini qurish va rekonstruksiya qilishda Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘mak bermoqda. Mazkur inshootlar Sharqiy Yevropa vaMarkaziy Osiyoda eng yaxshi vaksinalar omborxonalari bo‘ladi, dedi jamg‘armaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. Fond O‘zbekistonga mutaxassislarni tayyorlash, omborxonadan foydalanish bo‘yicha zarar ma’lumotlar, vaksinalarni tashish uchun avtomobil-sovutkichlar va sovutkichli sumkalarni yetkazib berishda ko‘maklashadi.

Toshkent viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi immunoprofilaktika bo‘limi mudiri va Toshkent viloyati Kengaytirilgan immunizatsiya dasturi menejeri Nasiba Toirovaning “Gazeta.uz"a ma’lum qilishicha, vaksinalar ombori Vaksinatsiya va immunizatsiya bo‘yicha global alyans (GAVI) tomonidan moliyalashtirilmoqda.

“Hozirda 12 turdagi kasalliklarga qarshi vaksinatsiya olib borilmoqda. Bizda bolalarni vaksinatsiya bilan qamrab olish darajasi juda yaxshi — 98−99%. Emlashga qarshilar bilan to‘qnashmaymiz, deb aytib bo‘lmaydi, biroq vaksinatsiya — butun dunyoda o‘lim darajasini pasaytirishning asosiy sababidir”, — dedi Nasiba Toirova.

Uning qo‘shimcha qilishicha, 2002-yilda O‘zbekiston poliomiyelit (asab sistemasini falaj ќiladigan o‘ta yuќumli kasallik — tahr.) bartaraf etilgani to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘ldi, 2017-yilda esa qizamiqqa, 2018-yilda — bezgakka barham berildi.

2018-yilda YUNISEF va GAVI O‘zbekistonga vaksinalarni saqlash uchun respublika va viloyatlar omborxonalarini qurish uchun 2 mln dollarga yaqin mablag‘ ajratdi. 2017−2019-yillarda Sog‘liqni saqlash vazirligi YUNISEF va JSST bilan sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash va o‘tish davrini qo‘llab-quvvatlash uchun GAVI grant loyihasini amalga oshirmoqda. Kelgusida mamlakatning aholini emlashda o‘zini-o‘zi to‘liq moliyalashtirishga o‘tishi rejalashtirilmoqda.