2019 yil 23 aprel kuni soat 03:30larda Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi 26 yoshli A.A. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashinani Buxoro viloyatining Romitan tumani hududidagi avtomagistral yo‘lida haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib borayotgan fuqaro Z.Sh. boshqaruvidagi «KAMAZ» rusumli yuk avtomashinasi orqa tomoniga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada «Nexia"avtomashinasi yo‘lovchisi S.K. ismli ayol jarohat olib voqea joyida vafot etgan. «Nexia"ning qolgan yo‘lovchilari, S.K.ning turmush o‘rtog‘i J.R. va 2019 yilda tug‘ilgan I.A. ismli qizi, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi Sh. S. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, qizaloq vafot etgan.

Shuningdek «Nexia"haydovchi A.A. va yo‘lovchisi Ch.E.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.