O‘zbekiston termasi va «Sharja» jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov Londa operatsiya qilindi, deya xabar qildi O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

Futbolchi China Cup-2019 musobaqasida Xitoy termasi bilan o‘yin vaqtida og‘ir tan jarohatini olgan edi. Tekshiruvlardan so‘ng o‘yinchining boldiri singari va tiklanish uchun eng kamida ikki oy lozimligi ma’lum bo‘ldi.

Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli kechdi, uni angliyalik jarroh Mark Devis o‘tkazdi. Endilikda u qo‘shimcha muolajalar orqali tezroq safga qaytishga harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 25 mart kuni China Cup musobaqasida Xitoyni mag‘lubiyatga uchratib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ektor Kuper shogirdlari 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golga 35-daqiqada Eldor Shomurodov mualliflik qildi.