23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida bo‘ladigan Osiyo chempionatining saralash bosqich bellashuvlari o‘tkazildi. Toshkent shahri mezbonlik qilgan «F» guruhida barcha bahslar yakunlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Guruhdagi oxirgi o‘yinda Tojikiston OTJ bilan durangga imzo chekildi va har ikki jamoa yakunda 4 ochkodan jamg‘ardi. Shunday bo‘lsa ham to‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik O‘zbekiston tomonida bo‘lib. Shu bilan O‘zbekiston OTJ Osiyo chempionatining final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston U-23 — Tojikiston U-23 — 0:0

26 mart 2019 yil. Toshkent. «Paxtakor» stadioni.

Hakamlar: Xiroyuki Kimura, Takumi Takagi (ikkisi Yaponiya), Abu Bakar Al Amri (Ummon), Xo Vai Sing (Gonkong).

O‘zbekiston: 1.Umidjon Ergashev, 2.Islomjon Qobilov, 3.Xojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullayev, 7.Oston O‘runov, 8.Islom Kenjaboyev (23.Oybek Bozorov), 9.Jasurbek Yaxshiboyev, 11.Mirjahon Mirahmadov (10.Bobir Abdixoliqov, 55), 15.Oybek Rustamov, 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin G‘ofurov.

Tojikiston: 23.Rustam Yatimov, 2.Zoir Jo‘raboyev, 3.Davlatmir Tabrizi, 5.Manuchexr Safarov, 6.Karomatullo Saidov, 7.Muhammadjon Rahimov, 9.Sharafjon Solehov, 10.Sheriddin Boboyev, 13.Alisher Barotov, 17.Ehsoni Panshanbe, 18.Daler Yodgorov.

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati kelasi yilning 8−26 yanvar kunlari Tailandda o‘tkazilib, unda 16 terma jamoa ishtirok etadi. Mazkur qit’a chempionati Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma berishi bilan yanada ahamiyatli. Unda kuchli uchlikka kirgan jamoalar Yaponiyada o‘tajak olimpiadaga yo‘llanma oladi. Agar kunchiqar yurt vakillari yarimfinalgacha yetib bora olsa, bu bosqichgacha chiqqan barcha jamoalar ham olimpiada ishtirokchisiga aylanishi mumkin.