Shu bois Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston hududiga katta miqdordagi tovar moddiy boyliklarni olib o‘tilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Fuqaro Muzaffar Dadaboyev Uychi tumanida joylashgan chegara hududi orqali Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston hududiga noqonuniy ravishda umumiy qiymati 968 million so‘mdan ziyod bo‘lgan katta miqdordagi tovar moddiy boyliklarni olib o‘tishga uringan.

Dastlabki surishtiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, Muzaffar Dadaboyev «GAZ-53» rusumli avtomashina yukxonasiga muzlatgich, changyutgich, elektr isitgich, televizor, gazlamalar, energetik ichimliklar, ozdiruvchi kapsulalar hamda 352 dona mobil telefon, 300 kg Eron pistasini yuklab, yashirin yo‘llar orqali mamlakatimizga olib kirmoqchi bo‘lgan paytda fosh etilgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.