28 fevral kuni taxminan 18:45 da mast holdagi erkak Bektemir tumanida Toshkent avtomobil halqa yo‘li ustidan o‘tgan («Qo‘yliq» bozori yaqinida) ko‘prikka osilib qoldi.

Toshkent IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, u Toshkent viloyatida vaqtincha istiqomat qiluvchi Jizzax viloyatidan bo‘lgan fuqaro bo‘lib chiqdi. 42 yoshli erkakni fuqarolar va ichki ishlar organlari xodimlari qutqarib oldi.

«Erkak tibbiyot muassasasiga olib borildi va unga birinchi yordam ko‘rsatildi. Psixologlar bilan suhbat olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

IIBB matbuot xizmatining «Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, erkak nima sababdan ko‘prikka osilib qolgani hozircha ma’lum emas.

Video