O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 fevralda «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini monitoring qilish va baholash milliy tizimini yaratish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Shuningdek, qarorga muvofiq, «davlat xizmatlarining sirli mijozi» instituti joriy etiladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat organlari faoliyatidan qoniqishi darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy mahoratini oshirishdir.

Shuningdek,

• «davlat xizmatlarining sirli mijozi» institutidan foydalanish doirasidagi chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etiladi;

• «davlat xizmatlarining sirli mijozi» institutidan foydalanishda huquqbuzarliklar va vakolatni suiiste’mol qilishga undovchi usullarni qo‘llash taqiqlanadi;

• «davlat xizmatlarining sirli mijozi» instituti ma’muriy tartib-qoidalar amalga oshirilishi qulayligi va davlat organlari, shuningdek, ularning xodimlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda normativ-huquqiy hujjatlar talablari, xodimlarning professionalligi va tezkorligi, ularning aholi bilan muomala qilish etiketi darajasini baholaydi;

• ma’lumotlarni yig‘ish uchun haqiqiy «mijoz» ko‘rinishida monitoringni amalga oshiruvchi xodimlar va boshqa shaxslar («sirli mijozlar»)dan foydalaniladi;

• «sirli mijoz» tomonidan monitoring nafaqat bevosita ob’ektlarga tashrif buyurishlar, balki monitoring amalga oshirilayotgan davlat xizmatlariga qarab boshqa vositalar (telefon qo‘ng‘iroqlari, elektron pochta orqali murojaat qilish va boshqalar) orqali ham amalga oshirilishi mumkin;

• «davlat xizmatlarining sirli mijozi» monitoringi natijalari shaxsiy bo‘lmagan shaklda rasmiylashtiriladi hamda qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish uchun tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan vazirlik va idoralarga majburiy tartibda ko‘rib chiqish uchun taqdimnomalar yuboriladi;

• «davlat xizmatlarining sirli mijozi» monitoringi natijalari tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan vazirlik hamda idoralar xodimlarini javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi va tavsiyaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi;

• «davlat xizmatlarining sirli mijozi» instituti faoliyatini yuritish bilan bog‘liq xarajatlar Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. «Davlat xizmatlarining sirli mijozi» instituti tashkil etiladi

«Sirli mijoz» institutidan foydalanishda huquqbuzarliklar va vakolatni suiiste’mol qilishga undovchi usullarni qo‘llash taqiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 25 fevralda «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini monitoring qilish va baholash milliy tizimini yaratish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Shuningdek, qarorga muvofiq, «davlat xizmatlarining sirli mijozi» instituti joriy etiladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat organlari faoliyatidan qoniqishi darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy mahoratini oshirishdir.

Shuningdek,

• «davlat xizmatlarining sirli mijozi» institutidan foydalanish doirasidagi chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etiladi;

• «davlat xizmatlarining sirli mijozi» institutidan foydalanishda huquqbuzarliklar va vakolatni suiiste’mol qilishga undovchi usullarni qo‘llash taqiqlanadi;

• «davlat xizmatlarining sirli mijozi» instituti ma’muriy tartib-qoidalar amalga oshirilishi qulayligi va davlat organlari, shuningdek, ularning xodimlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda normativ-huquqiy hujjatlar talablari, xodimlarning professionalligi va tezkorligi, ularning aholi bilan muomala qilish etiketi darajasini baholaydi;

• ma’lumotlarni yig‘ish uchun haqiqiy «mijoz» ko‘rinishida monitoringni amalga oshiruvchi xodimlar va boshqa shaxslar («sirli mijozlar»)dan foydalaniladi;

• «sirli mijoz» tomonidan monitoring nafaqat bevosita ob’ektlarga tashrif buyurishlar, balki monitoring amalga oshirilayotgan davlat xizmatlariga qarab boshqa vositalar (telefon qo‘ng‘iroqlari, elektron pochta orqali murojaat qilish va boshqalar) orqali ham amalga oshirilishi mumkin;

• «davlat xizmatlarining sirli mijozi» monitoringi natijalari shaxsiy bo‘lmagan shaklda rasmiylashtiriladi hamda qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish uchun tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan vazirlik va idoralarga majburiy tartibda ko‘rib chiqish uchun taqdimnomalar yuboriladi;

• «davlat xizmatlarining sirli mijozi» monitoringi natijalari tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan vazirlik hamda idoralar xodimlarini javobgarlikka tortish uchun asos bo‘lmaydi va tavsiyaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi;

• «davlat xizmatlarining sirli mijozi» instituti faoliyatini yuritish bilan bog‘liq xarajatlar Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.